Zab Juda: "Logan Pol yosh Muhammad Aliga o‘xshaydi"
Professional boks olamida o‘zi nomiga ega bo‘lgan, sobiq chempion Zab Juda Logan Polni yosh Aliga qiyosladi:
"Boshqalar nima deyishi menga qiziq emas. Aytishim kerakki, Logan Pol yosh Muhammad Aliga o‘xshaydi. U baland bo‘yli, chaqqon, ozg‘in yigit ekanligini unutmang. Unda Muhammad Alining texnikasi bor va boshqalar nima deyishiga men ahamiyat bermayman. U bilan Kaliforniyadagi uyida mashg‘ulot o‘tkazayotganida ko‘rishdim. U Ali kabi harakat qilmoqda ", - dedi Juda.
Ma’lumot uchun, Zab Juda o‘zi vaqtida super engil vazn (63,5 kg) va yarim o‘rta vazn (66 kg) da IBF, WBA, WBC chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar