Zabittser Bundesligada qoladigan bo‘ldi

  • 24.07.2023 13:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" yarim himoyachisi Marsel Zabittser faoliyatini "Borussiya"da davom ettirishga yaqin turibdi. Uning transferi tez orada rasman e’lon qilinadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, dortmundliklarga bu transfer 19 million evroga tushadi. Futbolchi bilan uzoq yillik shartnoma borasida kelishib olingan. 

Avvalroq, Zabittserning Angliyaga qaytish istagi borligi haqda mish-mishlar tarqalgandi. U yarim mavsum "Manchester Yunayted"da o‘ynab qaytganidan keyin yana APLda to‘p tepmoqchi bo‘ldi. Ammo yaxshi taklif kelmagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!