Zamonamizning zo‘rlari: Messi to‘purarlar poygasida Ronalduga eta oladimi?

  • 5 avgust, 2020, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada kuchli beshlik chempionatlarining barchasi yakunlandi. Bir necha yillardan buyon o‘z gollari bilan muxlislarini xushnud etib, raqiblarini ranjitayotgan Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Robert Levandovski, Zlatan Ibrohimovich, Serxio Aguero kabi tajribali hujumchilar hamon aniq zarba yo‘llashda yosh raqobatchilaridan qolishmasligini isbotlab kelmoqda.

Tecno

Biz vikipediya ma’lumotlari asosida faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar o‘rtasida eng ko‘p gol urgan to‘purarlar reytingini tuzib chiqdik.

Ushbu reytingda, joriy mavsumda A Seriyada 33 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qilgan Krishtianu Ronaldu peshqadamlik qilmoqda. U faoliyatidagi gollari sonini 753 taga etkazib oldi. Portaguliyalik yulduz bu natijaga erishish uchun 1049 ta uchrashuvda ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. 

To‘purarlik borasida Ronaldu bilan tengma-teng raqobatlashishga qodir yagona hujumchi bu Lionel Messidir. "Barselona"ning argentinalik etakchisi klublar darajasidagi barcha gollarini birgina shu jamoa tarkibida kiritgan. Messi Kataloniya klubi va o‘z mamlakati terma jamoalari safida 923 ta uchrashuvda 730 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.

Messining Krishtianu Ronaldudan ikki yosh kichikligi va tabiiyki, professional faoliyatini kechroq boshlaganini inobatga olib, yaqin kelajakda gol urishda portugaliyalik raqobatchisiga etib olishi yoki undan o‘zib ketishini kutish mumkin. 

Reytingni quyi qismida hujumchilar ancha tig‘iz joylashgani bois, raqobat qizg‘in bo‘ladi.  

Vikipediya mutasaddilari gollarni hisoblashda futbolchilarning o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi rasmiy musobaqalarda kiritgan to‘plarini ham inobatga olgan. 

Zamonamizning eng zo‘r to‘puralari va ularning natijasi bilan tanishing:

  1. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 753 ta gol, 1049 ta o‘yin

image39886099_87a0ab6d7d0faefa61ddc6bc17595b9e

  1. Lionel Messi («Barselona») —  730 ta gol, 923 ta o‘yin

lionel-messi-igrat-v-futbol-eto-dar_1591983547879932178

  1. Zlatan Ibragimovich («Milan») — 554 ta gol, 935 ta o‘yin

5ee3b1b7ae5ac9701025191d

  1. Robert Levandovski («Bavariya») — 493 ta gol, 768 ta o‘yin

401080

  1. Luis Suares («Barselona») — 480 ta gol, 766 ta o‘yin

1563318351_0_0_3072_1728_600x0_80_0_0_fdc69933162a0ccb358dda877bdcc503

  1. Serxio Aguero («Manchester Siti») — 430 ta gol, 774 ta o‘yin

4ee0b20da4af596d447102eb1c7d34ae

  1. Klas-Yan Xyuntelar («Ayaks») — 418 ta gol, 741 ta o‘yin

rb-10112211

  1. Edinson Kavani (PSJ) — 415 ta gol, 721 ta o‘yin

900001654f632bde231d1c7dbcc8b69a5e52e592ade29443693128

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!