Zazaning dubli "Valensiya"ga g‘alaba keltirdi
Bundan bir necha daqiqa oldin Ispaniya La ligasining 31-turidan o‘rin olgan “Granada” hamda “Valensiya” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda “ko‘rshapalaklar”ning italiyalik hujumchisi Simone Zaza maydon egalari darvozasini ikki marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, mexmonlarning uchinchi goliga Mina Santi mualliflik qildi. “Granada”ning yagona javob to‘pini esa 65-daqiqada Ponse Esekiel kiritdi. Yakuniy hisob 1:3.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Valensiya” ochkolari sonini 39taga etkazib olgan bo‘lsa, “Granada” 20 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.
Fikrlar