
"Zenit" futbolchisi "Barsa"ga o‘tishi mumkin!
Rossiyaning "Zenit" klubi futbolchisi Vendel da Silva bu yozda o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Sport Ekspress" nashri xabar tarqatmoqda. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik vingerga Kataloniyaning "Barselona" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, rus klubi ham o‘z futbolchisini sotishga karshi emas. Ammo ular Vendel transferi orqali yaxshi summa ishlab olishni niyat qilgan. Shu sababli bu kelishuv amalga oshishi ancha qiyin masala bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq futbolchiga Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi ham futbolchiga jiddiy tarzda qiziqish bildirgan edi. Biroq, jamoalar transfer summasi borasida kelisha olmagan edi. Vendel sotilishiga asosiy sabab "Zenit" yarim himoyachi Ivan Ilichning ehtimoliy transferi tufayli ekanligi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Vendel 2020 yildan beri "Zenit"safida o‘ynab kelmoqda. U sankt-peterburgliklar safida so‘ngi marotaba Rossiya Superkubogida "Krasnodar"ga qarshi o‘yinda (4:2) bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirib, samarali harakat amalga oshirgan edi.
Fikrlar