
"Zenit" Malkomning transferi borasida "Barselona" bilan kelishuvga erishdi
“Barselona” va “Zenit” klublari braziliyalik vinger Malkomning transferi borasida o‘zaro kelishuvga erishishdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra Rossiyaning amaldagi chempioni 22 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklarga jami 45 mln evro to‘laydi. Aytish kerakki, shundan 5 millioni bonus hisobida to‘lanadi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Malkom joriy hafta piterliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Malkom “Zenit”da yiliga 6 mln evro maosh olishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar