"Zenit" RPLda 1000tadan ko‘p ochko jamg‘argan tarixdagi 2-jamoaga aylandi
Xabaringiz bor bugun “Zenit” Rossiya premer-ligasining 3-turida doirasida safarda “Orenburg” mehoni bo‘ldi va 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, piterliklar shu tariqa RPL tarixida 1000 dan ortiq ochko jamg‘argan ikkinchi jamoaga aylanishdi. Bugungi g‘alabadan so‘ng ular hisobidagi umumiy ochkolar soni 1001taga etdi.
Ta’kidlash kerakki, Rossiya oliy divizioniga 2001 yilda premer-liga ma’qomi berilgan. Hozircha ushbu musobaqada 1000tadan ko‘p ochko jamg‘argan klub faqatgina TsSKA hisoblanar edi.



Fikrlar