Zerikarli Bundesliga. Bunga "Bavariya" aybdor

"Arsenal" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Bernd Leno Bundesliga uchun kurash haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bundesliga taqdiri ma’lum bo‘ldi. "Bavariya" - deyarli chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bu zerikarli va o‘z navbatida qayg‘uli holat. Bu safar chempionlik uchun keskin kurash bo‘lishini istagandim, biroq yaqin vaqtlar ichida yuz bermasa kerak. "Bavariya" qolgan klublardan ko‘ra bir bosh ustun", - deydi Leno.

Germaniya chempionati 30 turidan so‘ng, "Bavariya" 70 ochko bilan yaqqol etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Borussiya" esa ulardan 7 ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!