Zidan Germaniyadan ish topdi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o‘g‘li Entso faoliyatini Germaniyada davom ettirishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Germaniya ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan “Ertsgebirge” klubi prezidenti 25 yoshli yoshli hujumchiga shartnoma taklif qilgan.
- Entso Zidan bilan muzokaralar to‘rt hafta davom etdi. Transferning cho‘zilishiga koronavirus pandemiyasi ham ta’sir o‘tkazdi, - dedi “Ertsgebirge” klubi prezidenti Xelge Leonxardt.
Entso Zidan oktyabr oyining boshida Ispaniyaning “Almeriya” klubini tark etgan va ishsiz yurgan edi. Mashhur murabbiyning o‘g‘li faoliyati davomida Shveytsariya va Portugaliya klublarida ham to‘p tepgan.

Fikrlar