
Zidan "Leganes"ga qarshi bahsdan keyingi fikrlarini bildirdi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 38-turida "Leganes"ga (2:2) qarshi bellashuvda jamoaning 10 ta bahsdan iborat bo‘lgan g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yilgani haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Uchrashuvni yaxshi o‘tkaza olmaganimiz uchun g‘azablansak bo‘ladi. Ammo biz chempionlikni uddasidan chiqib bo‘lganimizni unutmasligimiz kerak.
Ushbu o‘yin biz yutqazmaganligimiz bilan yodda qoladi. Biz erishgan yutuqlarimizdan mamnun bo‘lishimiz kerak," - dedi Zidan.
Fikrlar