
Zidan murabbiy sifatida ilk bor ChLdan chiqib ketdi
Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga kelib, "Real" turnirni tark etdi.
"Qaymoqranglilar" "Manchester Siti"ga qarshi kechgan ikkita bahsda ham imkoniyatni boy berdi (1:2, 1:2).
Zinedin Zidan bosh murabbiyligidagi "Real" ilk marotaba Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. Avval, frantsliyalik mutaxassis boshqaruvidagi Madrid klubi uch marotaba ya’ni 2016, 2017 va 2018 yillari turnirda zafar quchishga erishgan.
O‘tgan mavsumda ham ispanlar nimchorak finalda to‘xtashgandi, ammo u payt jamoani Zidan emas, balki Santyago Solari boshqargan edi.
Fikrlar