Zidan nega MYu taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

  • 22 noyabr, 2021, 15:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqargan "Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiy izlamoqda.

"Suatro" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar rahbariyati Zinedin Zidanga taklif bilan chiqqan. Ammo frantsiyalik mutaxassis buni rad etgan.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Zidan MYuni ingliz tilini yaxshi bilmasligi uchun boshqarmoqchi emas. Shuningdek, uning qaroriga rafiqasining Angliyaga ko‘chib o‘tishni istamaganligi ham ta’sir qilgan.

49 yoshli mutaxassis o‘tgan mavsum so‘ngida "Real"ni tark etganidan keyin hali boshqa jamoa boshqaruvini qabul qilib olmadi. Taxminlarga ko‘ra, bu PSJ yoki Frantsiya terma jamoasi bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!