Zidan o‘g‘li tufayli iste’dodli futbolchini haydagani oshkor bo‘ldi
Zinedin Zidan iste’dodli yarim himoyachi Serxio Regilonni “Real”da o‘ynashga loyiq emasligini ta’kidlaganidan keyin klub rahbariyati uni “Tottenxem”ga sotib yuborgan edi.
Endi bosh murabbiyning bu futbolchiga nega imkoniyat bermagani oshkor bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, Regilon Zidanning o‘g‘li Lyuka bilan urishib qolgani uchun bosh murabbiy bilan munosabatlarda muammoga duch kela boshlagan. Natijada Zidan Serxioni “Real”da o‘ynatmadi.
“Qirollik klubi” Lyuka Zidanni ham olib qolmaslikka qaror qildi va 22 yoshli darvozabonni “Rayo Valekano”ga ijaraga berib yubordi.

Fikrlar