Zidan: Pogba menga yoqadi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted"dagi hamyurti Pol Pogba haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Menga bu futbolchi juda yoqadi. Men u bilan shaxsan tanishman. U rostanam ajoyib futbolchi. U himoyalanishi ham, hujum qilishi ham mumkin. U jamoa o‘yinini tashkil etadi. Ammo Pogba hozir “Manchester Yunayted”da o‘ynayapti va biz uning boshqa jamoa futbolchisi bo‘lgani uchun buni hurmat qilishimiz kerak. Agar u kelajakda jamoasini o‘zgartirishini xohlasa, shubhasiz “Real” ham ushbu transfer uchun kurash olib boradi”, - deydi Zidan.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum MYu safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 11ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 90 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar