Zidan: "Real" birinchi o‘rinda, ammo bu hali hech narsani anglatmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kecha bo‘lib o‘tgan “Atletik”ka (1:2) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Frantsiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra jamoasining peshqadamligi hali hech narsani anglatmaydi.

“Biz kuchli raqibning maydonida g‘alabaga erisha oldik. “Atletik” o‘z maydonida har qanday raqibga munosib qarshilik ko‘rsata olishini avvaldan bilgan edik. Bugun biz juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik, bu esa bizning o‘z vaziyatimizni yanada yaxshilashga imkon beradi.

“Real” musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ammo bu hali hech narsani anglatmaydi. Bizni oldinda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Real” kechagi g‘alabasidan so‘ng 2-o‘rinda borayotgan “Barselona”dan 5 ochkoga ilgarilab ketti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!