Zidan: “Real” mag‘lubiyatga loyiq emasdi

  • 28 fevral, 2018, 09:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Espanol”ga qarshi (0:1) o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik, bir qator golli vaziyatlar yarata oldik, ammo gol urish nasib qilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinimizni topa olmadik.

Beshta ketma-ket g‘alabadan keyin navbatdagi muvaffaqiyatga erisha olmadik. Mag‘lubiyatga loyiq emasdik. “Espanol”da vaziyatlar juda kam bo‘ldi va natija o‘yinga mos yakun topmadi.

Eng yomoni, qo‘shimcha vaqtda gol o‘tkazib yubordik. Bunday vaqtda sarflangan kuch behuda ketganidan afsusdamiz”, – dedi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!