Zidan “Real”dan qachon ketishi aniq bo‘ldi

  • 10 dekabr, 2020, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan mavsum yakunlanishi bilan “Real”ni tark etishga qaror qilgan, deb xabar tarqatmoqda Diario Gol nashri.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik mutaxassis “Qirollik klubi” rahbariyatini natijalar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, yozda o‘z ishini topshirishi haqida ogohlantirgan. Bunga sabab sifatida Zidan klubda o‘zini noqulay his qilayotgani aytilmoqda.

“Real” rahbariyati yangi mavsum oldidan Zidanga bergan va’dalarini bajarmadi. Kelishuvga ko‘ra, yozgi transferlar vaqtida Zidanga o‘zi so‘ragan futbolchilar – Sadio Mane, Polb Pogba va Eduardo Kamavingani olib berishni va’da qilishgan. Biroq, “Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida birorta ham xaridni  amalga oshirmadi.

Shuningdek, frantsiyalik murabbiyga klub salbiy natijalarga uni aybdor qilayotganidan ham norozi bo‘lmoqda.

Klub xo‘jayini Florentino Peres ham Zinedin Zidanning ketishiga qarshilik qilmasligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!