
Zidan “Siti”ning qimmatbaho yulduzini Madridga olib keladi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaga “Manchester Siti”ning mashhur futbolchisi Rahim Sterlingni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Frantsiyalik mutaxassisning fikricha, angliyalik hujumkor futbolchi jamoaning yoshi o‘tib borayotgan hujumchilari va tajribasi kam futbolchilar o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini bajarishi kerak bo‘ladi.
“Qirollik klubi” mutasaddilari Rahim Sterling yosh jamoadoshi Fil Fodenga raqobatni boy berayotgani tufayli tobora kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani bu transferning amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonmoqda.
Qolaversa, “shaharliklar” Fodenga yangi shartnoma taqdim qilib, maoshini uch barobar oshirayotgani ham bu futbolchiga yaqin kelajakda asosiy tarkibdan joy kafolatlanganini bildiradi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Rahim Sterling 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol va 11 ta assist yozib qo‘ydi.
Sterlingning transfer summasi 100 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar