Zidan "Valensiya"dan uchralgan mag‘lubiyatni qanday izohladi?
Madridning “Real” klubi ustozi Zinedin Zidan kecha La Liganing 30-turida “Valensiya”dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bizga havodagi kurashlarda biroz ustunlik etishmadi. Dastlabki yarim soatda yaxshi o‘ynadik. Shunchaki bizga ishonch etishmadi xolos.
Men o‘z futbolchilarimni hech qanaqasiga ayblay olmayman. Ular harakat qilishdi. Biz bugun yaxshi shakllangan jamoaga qarshi o‘ynadik. Lekin mag‘lub bo‘lish hamisha yoqimsizdir.
Hozir qiyin holatdamiz, chunki, butun mavsum qiyin kechmoqda. Ammo, endi keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz lozim. Men o‘z shogirdlarimni qo‘llab-quvvatlayman va keyingi o‘yinda yaxshiroq o‘ynashga harakat qilamiz”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar