
Zidan Xolandni olish fikridan voz kechdi. O‘rniga undan zo‘ri bor!
“Real” yozgi transferlar mavsumida hujum chizig‘ini to‘liq yangilashga qaror qildi. Madridliklarning asosiy nishoni Kilian Mbappe hisoblanadi. Frantsiyalik to‘purar bilan birga Erling Xoland ham olib kelinishi rejalashtirilgan edi.
Biroq, Zinedin Zidan o‘z shogirdlari orasida Xolandning o‘rniga undan tajribaliroq bo‘lgan Lautaro Martinesni ko‘rmoqchi. Frantsiyalik mutaxassis argentinalik hujumchi uning uslubi ko‘proq mos tushishini ta’kidlamoqda.
O‘z navbatida, Lautaroga madridliklarning asosiy raqibi “Barselona” ham anchadan buyon og‘iz solmoqda. Kataloniyaliklarga uning 111 million evrolik badal puli og‘irlik qilyapti. Bundan tashqari, “Barsa” bosh murabbiyi Ronald Kuman Lautaroni olib kelinishiga qarshi. U o‘z hamyurti Memfis Depay transferini talab qilmoqda.
Fikrlar