Zidanni hayratga solgan futbolchi kim?
Jahon futbolining tirik afsonasiga aylangan Zinedin Zidan futbolchilik faoliyati davrida braziliyalik to‘purar Ronaldo bilan o‘ynagan davrlarni esga oldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldo haqiqiy fenomen bo‘lgan va bu fikr faqat unga tegishli emas, uning bu maqomini bugun ham hamma e’tirof etadi.
Zidan Ronaldoni chinakam noyob futbolchi, deb atadi va “Real” safida u bilan elkama-elka o‘ynash sharafiga ega bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Ronaldo o‘z laqabini to‘liq oqlagan.
Zidan Ronaldo barcha zarur sifatlarga ega bo‘lganini, shu bilan birga juda yorqin va hayotsevar shaxs bo‘lganini qayd etdi. Ronaldo bilan do‘stlashish istagi unda tabiiy ravishda paydo bo‘lgan.
Zinedinni eng ko‘p hayratga solgan vaziyatlar Ronaldoning mashg‘ulotlardagi harakatlari bo‘lgan. Ayrim paytlarda jamoadoshlar uning harakatlarini kuzatish uchun to‘xtab qolishardi.
Ronaldo ikki marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan. U ushbu mukofotni 1997 va 2002 yillarda qo‘lga kiritgan.
Fikrlar