Zidanning ilk oʻyiniga bir kunda 80 ming chipta sotildi
Frantsiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib Zinedin Zidan tayinlanishi mamlakatda futbol chiptalariga bo‘lgan talabni keskin oshirdi. RMC Sport xabariga ko‘ra, afsonaviy mutaxassis qo‘l ostidagi milliy jamoaning ilk uy o‘yiniga barcha chiptalar bir kundan ham kam vaqt ichida sotilib bo‘lingan.
Ma’lum qilinishicha, chiptalar savdosi 31 iyul kuni ochilgan, ammo ortidanoq – ertasiga kelibyoq – ularni xarid qilish imkoni qolmagan. Zidaning debuti 2 oktyabr kuni Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni Frantsiya terma jamoasi Italiya terma jamoasini qabul qiladi. Mamlakatning bosh arenasi taxriban 80 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.
Frantsiya Futbol federatsiyasi Zidan bilan to‘rt yillik shartnoma imzolanganini rasmiy e’lon qildi. Frantsiyalik mutaxassis 2021 yildan buyon murabbiylik faoliyatidan tashqarida edi. U avvalroq «Real» jamoasini ikki bor boshqargan: 2016–2018 yillarda va 2019–2021 yillarda. Uning qo‘l ostida madriddliklar jami 11ta sovrinni qo‘lga kiritgan, shu jumladan Chempionlar ligasida uch bor g‘olib chiqqan.

Fikrlar