
Zlatan Ibragimovich: "Ofarin, Chimaev. Keyingi chempion sensan"
26 oktyabr kuni BAA ning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC 308" turniriga bir qator mashxurlar qatori futbol yulduzi Zlatan Ibragimovich ham tashrif buyurdi. Musobaqadan so‘ng, u o‘rta vaznda oktagonga ko‘tarilgan Xamzat Chimaevni g‘alaba bilan tabrikladi.
"Ofarin, Xamzat. Keyingi chempion sensan", - deb yozdi futbolchi 64 milliondan ortiq obunachisi bor Instagram sahifasida.
Chimaev ham "salomga alik olish"ni unutmadi.
"Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat, aka. Bu juda ajoyib bo‘ldi", - deb javob qaytardi chechenistonlik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan "UFC 308" turnirida Chimaev 1-raundadyoq Robert Uittakerni bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar