Zlatan kichik shart evaziga "Milan"da qoladi
"Milan" rahbariyati jamoa forvardi Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirishga urinib ko‘rmoqchi.
38 yoshli shvetsiyalik futbolchining oilasi Milan shahriga ko‘chib o‘tishga tayyor, buning uchun "rossonerilar" uning yillik maoshini 6 million evrogacha ko‘tarib berishlari kerak bo‘ladi.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, "Milan" rahbariyati Ibragimovichga 4 million evro maoshli shartnoma taklif qilishmoqchi.
Joriy mavsumda Zlatan italyan klubi safida 16 ta uchrashuvda 7 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar