Zo‘rlari bor: Gvardiola yangi darvozabon tanladi

  • 20.07.2025 06:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” darvozabon masalasini hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Jamoaning asosiy golkiperi Ederson anchadan “shaharliklar” safini tark etmoqchi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Xosep Gvardiola ikki darvozabon – Ederson va Shtefan Ortegadan qay biri ketishidan qat’i nazar, ularning o‘rnini bosa oladigan posbon topib qo‘ydi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” ikki mavsumdan beri “Byornli” sharafini himoya qilayotgan klub tarbiyalanuvchisi Jeyms Traffordni ortga qaytarishni maqsad qilgan.

“Manchester Siti” mutasaddilari 22 yoshli golkiper transferi bo‘yicha “Byornli” bilan muzokara qilmoqda. Manchesterliklarda bu futbolchini qayta sotib olish huquqi bor.

2023 yilgacha “shaharliklar” tizimida mahorat oshirgan Trafford “Byornli” bilan 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega. Transfermarkt portali iqtidorli darvozabonni 22 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!