“Liverpul” Muhammad Saloh bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 1 noyabr, 2023, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning asosiy to‘purari Muhammad Saloh Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar to‘xtatagi yo‘q.

Arab klublari, xususan, “Al-Ittihod” misrlik forvard uchun pulni ayamoqchi emas. Ular yozda liverpulliklarga Salohni qo‘yib yuborishi uchun 150 million evro taklif qilgan haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Saudiyaliklar bu masalani qishki transferlar vaqtida hal qilishini aytib, “Liverpul”ga Muhammad Salohning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi topib olishiga imkon bergandi.

Biroq inglizlar yanvarda ham Salohni qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi. Football Insider nashrining yozishicha, sovrinlar uchun kurashayotgan “Liverpul” yuqori sport formasini ushlab turgan 31 yoshli to‘purarni hech qanday mablag‘ evaziga ham ketgazmalikka qaror qildi.

Muhammad joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda o‘z hisobiga o‘nta gol va to‘rtta assist rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!