Serxio Ramos MakGregorni duelga chaqirdi

  • 3 dekabr, 2020, 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” sardori Serxio Ramos aralash jang san’atlari ustasi Konor MakGregorni o‘zaro kuch sinashishga chaqirdi.

Trenajyor zalidagi mashg‘ulot videolavg‘alarini ijtimoiy tarmoqqa joylagan futbolchi “Qachon tayyor bo‘lasan, Konor?”, deb izoh qoldirgan.

Irlandiyalik jangchi Ramosning taklifiga darrov javob qaytardi.

- Birodarim Serxio, tayyor tur. Bizni katta to‘qnashuv kutyapti!, - deb javob yozdi MakGregor.

Konor navbatdagi uchrashuvini 28 yanvar kuni Dastin Porega qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!