
Uayt: "U – o‘z vazn toifasida UFC tarixidagi eng katta yulduz"
UFC bosh direktori Dana Uayt promoushenning o‘ta engil vazn(61,2 kg) toifasida chempion Shon O'Melli va Marlon Vera o‘rtasidagi jang xaqida gapirdi.
Ma’lumot uchun, amerikalik jangchi AQSh ning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC 299" turnirining asosiy to‘qnashuvida hakamlarning yakdil qarori bilan ekvadorlik sportchini mag‘lub etdi.
"Bu o‘ta engil vazn toifasidagi energiya va hayojonga to‘la bo‘lgan eng katta jangning guvohi bo‘ldik. O‘ylashimcha, O'Melli o‘ta engil vazn toifasi tarixidagi eng katta yulduzdir. Buni hozir bemalol ayta olaman”, – dedi mutaxassis matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, O'Melli(15-1-1 N/C) va Vera(23-9-1) avvalroq oktagonda to‘qnash kelishgan. Ularning birinchi jangi 2020 yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan va birinchi raundda texnik nokaut evaziga ekvadorlik jangchi g‘alaba qozongandi.
Fikrlar