Xoland ketadi. Transfer summasi aniq
“Borussiya” yozgi transferlar vaqtida Evropa grandlari ko‘z tikayotgan Erling Xolandni ushlab qololmaydi. Garchi norvegiyalik hujumchi klub bilan uzoq muddatli shartnomaga ega bo‘lsa-da, uning agenti Mino Rayola bitimga futbolchini 75 million evroga olish imkonini beradigan band kiritgan.
Unga ko‘ra, bu band 2021 yilning iyun oyida kuchga kiradi va Xolandni o‘z safida ko‘rishni istagan klub 75 million evro bilan unga egalik huquqini sotib olishi mumkin.
Xoland dortmundliklar safiga 2020 yilning yanvarida “Zaltsburg”dan kelib qo‘shilgandi. Uning transferi 20 million evroga hal qilingan. Hujumchi bir yil davomida “Borussiya” tarkibida 32 ta o‘yinda 33 ta gol urdi.

Fikrlar