Bugun boks! “Uzbek Tigers” Termizda “Caciques Venesuela”ga qarshi o‘z janglarini o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bugun Termiz shahri katta boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Boisi, bugun Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumining 5-6 turidan o‘rin olgan “Uzbek Tigers” hamda “Caciques Venesuela” jamoalari to‘qnashuvi Termizdagi “Alpomish” sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tish lozimki, bugun muxlislar 2ta guruhning janglariga guvoh bo‘lishlari mumkin. Dastlab, soat 19:00da S1 guruhi o‘zaro kurash olib borishsa, soat 22:00dan boshlab S2 bokschilari ringa ko‘tarilishadi.

Quyida ushbu janglarda ishtirok etadigan bokschilar bilan tanishib olishingiz mumkin:

S1 guruhi janglari soat 19:00da boshlanadi

49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes

56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol

64 kg: Aliyor Noraliev – Kristian Palasio

75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales

91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias

S2 guruhida o‘zgarishlar yo‘q va janglar soat 22:00da boshlanadi

52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas

60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera

69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziev — Nalek Korbaj

+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!