"Manchester Siti" MLS chempionatining eng yaxshi darvozabonini tarkibga qo‘shib oladi
“Kolambus” klubi darvozaboni Zak Steffen tez orada o‘z omadini Angliya Premer-ligasida sinab ko‘rishi mumkin.
23 yoshli AQSh terma jamoasi futbolchisi “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin turibdi. Tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Uning transfer narxi 10 million dollarga baholangan. Bonuslar yo‘q. Xarid yanvar oyidagi qishki transferlar mavsumida amalga oshiriladi.
Bu mavsum Steffen MLS muntazam chempionatida eng yaxshi darvozabon deya e’tirof etildi.
Fikrlar