"Milan" hujumchisini sotmoqchi, ammo...

  • 08.08.2018 10:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning "Milan" klubi o‘zining kolumbiyalik hujumchisi Karlos Bakka bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha “rossonerilar” 31 yoshli futbolchining transferidan kamida 15 million evro ishlab olishmoqchi. Biroq, unga qiziqish bildirayotgan hech bir klub “Milan”ga buncha mablag‘ to‘lamoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval "Vilyarreal" o‘tgan mavsumni ijara asosida o‘z safida o‘tkazgan Bakka uchun “Milan”ga 8 mln evro taklif qilgani va yakunda rad javobi olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!