
Anelka Mbappega "Oltin to‘p"ni yutish yo‘lini aytdi
Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Nikolya Anelka PSJ hujumchisi Kilian Mbappega klubni almashtirishga undovchi ochiq xat yubordi.
“Agar sen nufuzli sovrinlarni yutishni istasang, PSJdan ketishingga to‘g‘ri keladi. PSJda qanday o‘ynashingdan qat’i nazar, sen shunchaki Liga 1 da o‘ynayapsan. Eng kuchli chempionatlar Angliya va Ispaniyada.
Kilian, bu senga bog‘liq. Agar sen "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsang, eng yaxshilar bilan raqobatlashishing kerak. Frantsiya chempionati jiddiy musobaqa, ammo eng qiyini Angliyada. Agar sen eng yaxshi bo‘lishni istasang, unda "Chelsi", "Manchester Siti", "Arsenal", "Manchester Yunayted" yoki "Liverpul"ga o‘t. Yoki "Real" va "Barcelona"dan biriga o‘tish uchun Ispaniyaga ket”, - dedi Anelka.
22 yoshli Mbappe PSJ safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 171 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 132 ta gol hamda 61 ta assist yozdirib qo‘ydi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar