“Arsenal” A Seriyaning eng mashhur yulduzlaridan birini chaqiryapti

  • 25.11.2025 06:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning  “Arsenal” klubi tarkibini kuchaytirish uchun munosib nomzodlar qidirishni davom ettiryapti. Klub skautlari Italiya chempionatida porlayotgan o‘yinchini nishonga oldi.

Gap “Yuventus” yarim himoyachisi Kenan Yildiz haqida ketmoqda. “Kanonirlar” uni sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqyapti. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

20 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh Turin shahrida Angliya klubi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda tomonlar o‘yinchining potentsial transferini muhokama qilishdi.

Kelishuv miqdori 90–100 million evro bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq, Yildizga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham qiziqayotgani xabar qilingan edi. Turkiyalik yarim himoyachining “Yuventus” bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 75 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!