“Arsenal” orzusidagi futbolchini ololmadi

  • 18.08.2020 14:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Lion” mahoratli yarim himoyachisi Ussem Auarni “Arsenal”ga bermaydigan bo‘ldi.

“Kanonir”lar bu futbolchi uchun 44 million funt va bosh murabbiy bilan kelisha olmay qolgan Matteo Genduzini berishni taklif qilgandi. Lekin “Lion” bu taklifni qabul qilmadi.

“Lion” rahbariyati o‘tgan mavsumda 25 ta o‘yinda uchta gol urgan Auar transferini 65-70 million funtga baholamoqda va kelishuvga biror bir futbolchini qo‘shib olishni istamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!