"Bavariya"ga universal futbolchi kerak
"Atletiko" xavbeki Toma Lemar "Bavariya"ning qiziqishlar doirasiga kirdi.
Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, myunxenliklar ustozi Xans-Diter Flik jamoa tarkibini yanada kuchaytirmoqchi. Lemar esa, turli pozitsiyalarda o‘ynay oladigan universal futbolchilar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, “Bavariya”dagilar tarkibda frantsiyalik futbolchilar ko‘p bo‘lgani bois Tomaning jamoaga tez moslashib ketishiga ishonmoqda.
“Bavariya” Lemarni ijaraga olishni rejalashtirmoqda, ammo “Atletiko” uni to‘liq sotmoqchi.
Toma Lemar o‘tgan mavsum “Atletiko” safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar