Baxtiyor Ashurmatov: "Menimcha, hech qaysi jamoa o‘z maydonidagi durangdan qoniqmasa kerak"

  • 20 noyabr, 2021, 17:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 25-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – AGMK (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

Tecno

- Bugun ushbu mavsumda o‘z maydonimizdagi so‘nggi uchrashuvni o‘tkazdik. Mavsumdagi eng qiziqarli bahslardan biri bo‘ldi. Bugun biz ham, raqibimiz ham g‘alaba qozonishi mumkin edi. Shu narsaga amin bo‘ldimki, qo‘qonlik ishqibozlar futbolni juda yaxshi ko‘rishadi, yaxshi tushunishadi. Bugun ular o‘z maydonimizdagi bahsda bizdan g‘alaba kutishgani ham bor gap. Lekin yigitlar oxirigacha kurashgani uchun, mag‘lubiyatga uchrayotganimizga qaramay, durang natija qayd etishgani uchun muxlislarimiz ularni olqishlashdi. Bu yil ayrim bahslarda muxlislarimizni xursand eta olmadik. Keyingi yili albatta yaxshi natjalar bilan ularni xursand qilamiz, degan umiddaman.

Bugungi bellashuvning birinchi 15 daqiqasini juda bo‘sh o‘tkazdik. Raqib bundan foylanib, hisobni ochdi. Keyinchalik esa shogirdlarim ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi. Mavsum biz uchun oson bo‘lgani yo‘q. Tarkibda yo‘qotishlarga duch keldik. Namanganda bahsda Oybek Rustamovdan foydalana olmaymiz. Uning kartochkalari soni to‘rtta etdi. Shunday bo‘lsa-da, mavsumni yaxshi natija bilan yakunlashga harakat qilamiz.

Bugun har ikki jamoaga ham g‘alaba kerak edi. Shuning uchun so‘nggi daqiqalarga qadar kurash kechdi. Futbolchilar ham o‘z maydonimizdagi oxirgi bahsda uch ochkoga ega bo‘lishni juda xohlashdi. Mavsumni yaxshi kayfiyatda tugatish, keyingi yilgi chempionatni yaxshi kayfiyatda boshlash uchun zamin yaratar edi. Menimcha, hech qaysi jamoa o‘z maydonidagi durang natijadan qoniqish hosil qilmasa kerak. Ammo meni xursand qilgani mag‘lubiyatdan chiqib keta oldik. Bugungi durang chempionatdagi intrigani saqlab qoldi. Endi kumush medal uchun keskin kurash kechsa kerak.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!