Bugun "Nasaf" o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
Bugun yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Nasaf" jamoasi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
"Ajdarlar"ning nazorat uchrashuvida raqibi Buxoroning "Buxoro" jamoasi bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14:00da "Geolog" stadionida start oladi.
Ma’lumot uchun, "Nasaf" o‘tgan mavsum Superliga 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Buxoro" Pro-Ligada 4-o‘rinni band etdi.

Fikrlar