Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy bilan o‘ynaydi

  • 16.10.2023 09:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xitoyda yig‘in olib boryotgan Srechko Katanets boshliq O‘zbekiston terma jamoasi bugun navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazadi. Mazkur bellashuvda vakillarimizga Xitoy raqiblik qiladi. 

Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:35 da "Dalian Sports Center" stadionida start oladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan bahsda "oq bo‘rilar" Vetnam ustidan 2:0 hisobidan g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!