"Chelsi" narxi 100 million evrolik darvozabonga qiziqib qoldi

  • 07.04.2023 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Valensiya" darvozaboni Giorgi Mamardashvili ko‘plab Evropa gigantlarining qiziqishlar markazida bo‘lib turibdi. Cope nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli gruziyalik posbon uchun raqobatda "Chelsi" favorit sifatida tilga olinmoqda.

Avvalroq, matbuotda Mamardashvilining vakillari allaqachon "aristokratlar" bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Ta’kidlash kerakki, Giorgi Mamardashvilining "Valensiya" bilan imzolagan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, uning tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi. Albatta, har qanday potentsial xaridor gruziyalik uchun bu miqdorni to‘lamaydi, lekin muzokaralar olib borishga harakat qiladi.

Mamardashvili 2022/2023 yilgi mavsumda 31 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 36 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!