“Chelsi” shokda: Xoland o‘ziga jamoa tanladi!

  • 15 iyul, 2021, 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni har qanday summaga olishga rozi bo‘lgan “Chelsi” norvegiyalik futbolchi o‘ziga yangi jamoa tanlagani haqida xabar topdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Erling Xoland “Real” mutasaddilari bilan dastlabki kelishuvga erishib bo‘lgan va kelasi yili yozda Madridga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan. Avvalroq, dortmundliklar yozgi transferlar vaqtida asosiy to‘purarini hech qanday narxga qo‘yib yubormasligini ta’kidlagandi.

“Qirollik klubi” bu galgi transferlar vaqtida Xolandni sotib olishga pul topa olmaydi. Biroq, kelasi yili Xolandning shartnomasida uni 75 million evroga transfer qilish imkonini beruvchi band kuchga kiradi. Madridliklar shundan foydalanmoqchi va oldindan futbolchining roziligini olib qo‘yishdi.

Xoland yakunlangan mavsumda 40 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga qirqta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
cr7 lm10 $$ss
15/07/2021 16:42
Realga gol mashina kelarkan