“Chelsi”ning to‘rt futbolchisi o‘ziga jamoa qidiradi
Transfer bozorida faol ishtirok etgan “Chelsi” qishda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan futbolchilarning aksariyatini boshqa jamoalarga sotib yuborishga qaror qildi.
Yozgi transferlar vaqtida londonliklar 250 million funtga yaqin mablag‘ sarflab, Kay Xaverts, Timo Verner, Ben Chiluell va Eduar Mendi kabi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Navbatda Paulo Dibala va yana bir necha qimmatbaho o‘yinchilarning transferi kutib turibdi.
Shu maqsadda, Frenk Lempard asosiy tarkibda muqim o‘rni bo‘lmagan Emerson Palmeri, Markos Alonso, Raxman Baba va Kepa Arrisabalaga kabi futbolchilarni qishda sotib yuborib, kamida 50 million funt miqdorida pul ishlab olishni rejalashtirgan.
Fikrlar