FIFA yana bir o‘zbek klubiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

  • 27.04.2021 21:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘zbek klublarining legionerlar oldidagi qarzdorliklari bartaraf etilayotgani haqida yana bir xabarni ma’lum qildi.

"FIFA va nihoyat "Sho‘rtan" futbol klubiga qo‘yilgan taqiqni rasman olib tashladi. Vorivonchik ham, Kriushenko ham pulni olganini tasdiqladi.

So‘nggi 5 oyda 5 ta klub FIFA taqiqidan qutildi: "Qo‘qon-1912", "Neftchi", "Andijon", "Surxon", "Sho‘rtan". Ayni vaqtda FIFA taqiqi bor klubimiz qolmadi. Oldinda esa klublar ustidan yana kim qanday shikoyat qilishini vaqt ko‘rsatadi. PFL esa 2022 yildan boshlab bu boradagi talablarni qat’iylashtirish bo‘yicha O‘FA Ijroqo‘miga taklif tayyorlamoqda,"- deb yozadi Imomxo‘jaev o‘zining telegram sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
28/04/2021 04:38
Клублар узлами билганича легионорлпр билан узини олиб, узаро тил бириктириб, жиномй гурухнинг манфаатини куллаб иш курувирсин, карздорлик туланаверадида, чунтагидан кетаяптими, азобини эса мухлислар кураяпти, каердандир бир куни тешиб чикади!