Gavi: "Enrike men uchun eng zo‘ri"
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi PSJ bilan Chempionlar ligasini yutgan Luis Enrike uchun xursand bo‘ldi.
"Mening nazarimda u eng zo‘ri, birinchi raqamli. Men u uchun juda xursandman, chunki u bunga munosib edi. U ham, uning oilasi ham, yordamchisi Rafael Pol ham," - dedi "Barselona" yarim himoyachisi.
Gavi Ispaniya terma jamoasidagi debyutini 2021 yilda, 17 yoshida o‘tkazgan. O‘sha paytda milliy jamoani Luis Enrike boshqarardi.
PSJ bilan Chempionlar ligasidagi g‘alaba murabbiy uchun faoliyatidagi ikkinchi yutuq bo‘ldi. U bundan oldin 2015 yilda "Barselona" bilan ham g‘olib bo‘lgan edi.
Fikrlar