"Inter" 3 ta futbolchini kuzatmoqda

  • 18.09.2021 16:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi A Seriyada o‘ynayotgan 3 nafar futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi.

Calciomercato tarqatgan xabarga qaraganda, "neradzurrilar" skautlari Gleyson Bremer ("Torino"), Jakomo Raspadori va Janluka Skamakkaning (ikkaasi "Sassuolo") o‘yinlarini kuzatishmoqda.

"Inter" vakillari ushbu futbolchilarni o‘zaro o‘yinlar paytida diqqat bilan kuzatishgan.

Markaziy himoyachi Bremerning transfer narxi 10 million evro, markaziy hujumchilar - Raspadori va Skamakkaning narxi esa 15 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!