“Jenoa” futbolchisi yangi jamoaga o‘tdi
Daniyaning etakchi klublaridan biri – “Kopengagen” o‘z safini “Jenoa” o‘yinchisi Lukas Lerager bilan kuchaytirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, daniyaliklar futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan bandga muvofiq, iste’dodli yarim himoyachini 3 million evroga transfer qilgan.
“Kopengagen” yangi o‘yinchi bilan 2024 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Daniyalik yarim himoyachi “Bordo”da bir yarim mavsum to‘p tepganidan keyin 2019 yilda Genuya shahri jamoasi safiga qo‘shilgan edi. Yakunlangan mavsumda u jami 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Umuman olganda esa, 2019-2021 yillar davomida Lerager jami “Jenoa” uchun 51 ta o‘yinda ikkita gol urgan.
Ayni paytda aksariyat sport manbalari “Jenoa”ning yana bir vakili – legionerimiz Eldor Shomurodovga “Yuventus” qiziqayotgani va muzokaralar boshlangani haqida yozmoqda.



Fikrlar