Karatechilarimiz xalqaro turnirdan medallar bilan qaytishdi

Qozog‘istonning Taraz shahrida shinkiokunshinkay karate bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘z yakuniga etdi.

Mazkur turnirda Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va mezbon Qozog‘istondan 350 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Yurtimiz sharafini 3 nafar karatechilarimiz himoya qilishdi.

Musobaqa yakunilariga ko‘ra, Tolib Mardonov kata bahslarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 45 kg vaznda Og‘abek Holiqulov ham bronza medali bilan taqdirlandi.

Karate 3_1

Qiz bolalar bellashuvlarida 55 kg vaznda O‘g‘iloy Sayfieva yarim finalga qadar etib borib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, hamyurtimiz Mutal Nazarov turnirning eng halol hakami deb topildi.

Karate 2_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!