Manchesterliklar endi himoyaga Umarni olmoqchi

  • 10.01.2026 12:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasi badavlat klublari, xususan, &quotManchester Yunayted&quot Italiya chempionatida &ldquoUdineze&rdquo sharafini himoya qilayotgan tajribali markaziy himoyachi Umar Solega xaridor bo‘lmoqda.

25 yoshli fransiyalik legioner A Seriyaning o‘zida ham talash bo‘lyapti. Liga yetakchilaridan &ldquoInter&rdquo, &ldquoMilan&rdquo va &ldquoRoma&rdquo bu o‘yinchini Italiyada olib qolish harakatlarini boshlab yuborgan.

Bu ma’lumotlarni Caught Offside nashri tarqatdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, transferning boshlang‘ich narxi bonuslar hisobga olingan holda &ldquoo‘rtachadan yuqori&rdquo diapazonda bo‘ladi. &ldquoUdineze&rdquo esa sotib olish huquqi bilan ijara variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Umar Sole kuchliroq klublarda o‘ynab, o‘z imkoniyatlarini yuqoriroq darajada sinab ko‘rishni istaydi.

Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 19 ta o‘yin o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarktga ko‘ra, bozor qiymati 20 million evroni tashkil qilmoqda.

Qiziqi shundaki, ilgari Fransiyaning&nbsp &ldquoStad Laval&rdquo, &ldquoLyon&rdquo va Avstriyaning &ldquoZaltsburg&rdquo klublarida o‘ynagan Umar Sole 2024 yilning yozida shartnomasi tugagandan keyin jamoasiz qolib ketgan edi.

&ldquoUdineze&rdquo mahoratli futbolchini 2025 yilning boshida o‘z tarkibiga qo‘shib oldi va endi yaxshi narxga transfer qilib, daromadli savdoni amalga oshirishga tayyorlanyapti.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!