"Milan" "Lill" xujumchisini 35 mln evro evaziga sotib oladi

Italiyaning "Milan" klubi portugaliyalik forvard Rafael Leauni sotib oladi, - deb xabar bermoqda "Football Italia".

Manbaning xabariga ko‘ra, forvard uchun italiyaliklar 35 mln evro to‘lashadi. Shu bilan birga, "Lill" futbolchining keyingi transferidan 20 foizlik ulush olish imkoniyatini ham saqlab qoladi. Yaqin vaqtlar ichida, portugaliyalik futbolchi ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga uchib boradi.

20 yoshli futbolchiga "Napoli" jamoasi ham qiziqish bildirgan. Lekin neapolliklar asosiy e’tiborni "Lill"ning boshqa xujumchisi Nikolya Pepega qaratishmoqda.

Leau "Lill"ga 2018 yilda kelgan. Oxirgi mavsum klub uchun Frantsiya chempionatida 24 ta bahsda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!