"Nabahor" gruziyalik legioner bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumga o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ygan “Navbahor” yangi yilning ilk kunidan boshlab, o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
"Lochinlar" matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, klub gruziyalik tajribali hujumchi Elguja Grigalashvili bilan shartnoma imzoladi.
Grigalashvili futbolchilik faoliyati davomida Gruziyaning “Merani” (Martvili, 2011-2012 yillar), “Dinamo” (Batumi, 2012 yil, 2016-2017 yillar), “Torpedo” (Kutaisi, 2012-2013 yillar), “Dinamo” (Tbilisi, 2013 yil), “Chixura” (Sachxere, 2014 yil), Kiprning “Otellos” (Afienu, 2014-2015, 2016-2017 yillar), “Pafos” (Pafos, 2015 yil), “Etnikos” (Axna, 2016 yil) klublarida o‘ynagan.



Fikrlar